
Messi ham FIFAning taqdirlash marosimiga kelmaydi. Sabab?
Argentina terma jamoasi va "Barselona" klubi xujumchisi Lionel Messi FIFA tomonidan The Best sovrinining Yilning eng yaxshi futbolchisiga topshirish tantanali marosimida ishtirok eta olmaydi.
El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Messi oilaviy sabablarga ko‘ra, marosimda ishtirok etolmasligi haqida kataloniyaliklar rahbariyatini ogohlantirgan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli argentiniyalik yilning ramziy terma jamoasidan joy olishi mumkin. JCh-2018 doirasida Nigeriya terma jamoasiga urgan goli esa mundialning eng chiroyli goli bo‘lishiga da’vogarlik qilmoqda.
Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Yuventus" klubi xujumchisi Krishtianu Ronaldu ham ushbu marosimda ishtirok etolmaydi.
The Best sovriniga Krishtianu Ronaldudan tashqari shuningdek Luka Modrich (“Real”) va Muhammad Saloh (“Liverpul”) kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishmoqda.
Fikrlar