Messining yangi shartnomasidagi transfer narxi ma’lum qilindi
Ispaniyaning “Barselona” klubi yaqin kunlarda Lionel Messi bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda oldinroq xabar berib o‘tgandik.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Messining kataloniyaliklar bilan tuzadigan yangi shartnomasidagi tarnsfer narxi 300 million evroni tashkil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, tomonlar 2021 yilgacha bo‘lgan bitimni imzolashadi. Qolaversa, o‘zaro kelishib yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin. Ayni paytda shartnoma tayyor. Faqat 15 iyul kuni klub rahbarlari va futbolchi shartnomaga o‘z imzolarini qo‘yishsa, bo‘lgani.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar