“Metallurg”da pullari qolib ketgan futbolchilar PFLga da’vo arizasi berishi mumkin

  • 15 sentabr, 2018, 11:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirga qadar “Metallurg” futbol klubining futbolchilar yoki murabbiylar oldidagi qarzdorligi masalasida PFLga shikoyat arizasi kelib tushmagan. Hisob-kitob yuritish borasida mazkur jamoaning ishlari joyida.

Tecno

Shunga qaramay, 2016 yilning sentyabr oyidan to hozirgi vaqtga qadar “Metallurg” jamoasida faoliyat ko‘rsatgan futbolchilar, ishchi-hodimlar yoki murabbiylar moliyaviy muammolar va kamchiliklar yuzasidan Professional futbol ligasiga murojaat bilan chiqishlari mumkin. Tashkilot “Metallurg” klubida qarzdorlik mavjud ekanligini aniqlasa, klubda qolib ketgan pullar undirib beriladi. Ushbu masala PFL orqali hal bo‘lmasa, ishni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi apellyatsiya guruhi o‘rganib chiqadi. 

Ma’lumot uchun, biror futbol klubida mablag‘lari qolib ketgan futbolchilar, murabbiylar, ishchi-hodimlar, xizmat ko‘rsatish muassasalari ikki yil muddat ichida da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Bu muddatdan tashqarida bo‘lgan ishlar PFL tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!