
Yaponiyaning eng zo‘r to‘purari vafot etdi
Yaponiya terma jamoasi safida 1968 yilgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘lgan Kunisige Kamamoto 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Bu haqda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi rasman xabar ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, sobiq futbolchi pnevmoniya tufayli vafot etgan.
Kamamoto Yaponiya milliy terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi. U xalqaro miqyosda 76 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 75 marotaba ishg‘ol qilgan.
1968 yilgi Olimpiya o‘yinlarida esa, ettita gol bilan musobaqa to‘purari bo‘lgan.
Kamamoto futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin 1998-2008 yillar davomida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishladi. 2002 yili Yaponiya va Janubiy Koreya hamkorlikda o‘tkazgan jahon chempionati tashkilik qo‘mitasida ham faoliyat ko‘rsatdi.
Fikrlar