Meyvezer: Bu jang Makgregor uchun so‘nggisi bo‘ladi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer Konor Makgregor qarshi jang oldigan bo‘lib o‘tgan vazn tortish marosimida irlandiyalik jangchini Las-Vegasga qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislar quruq qo‘l bilan qaytishini ta’kidlab o‘tgan.
Engilmas bokschi bu jang Makgregor uchun boksdagi so‘nggi to‘qnashuv bo‘lishiga va’da berdi.
– Vazn ringda ahamiyatga ega emas, – deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi VVS nashri. – Mening so‘zlarimni eslab qoling: U jangda oxiragacha turib bera olmaydi. Hozir men shunchaki muxlislarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu Konor Makgregor uchun so‘nggi jang bo‘ladi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi? Ular senga qarshi urushmaydi. Bu birga-bir olishuv. Men 49 marta bu erda bo‘lganman va bu aniq ayta olaman.

Fikrlar