Meyvezer Italiya Superkubogi bahsidan so‘ng "Yuventus" kiyinish xonasiga nega kirdi? (FOTO)
Xabaringiz bor kecha Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Yuventus” va “Milan” jamoalari o‘rtasida Italiya Superkubogi bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda turinliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yagona golga 61-daqiqada Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.
E’tiborlisi, o‘yin yakunlangach dunyoga mashhur bokschi Floyd Meyvezer turinliklar kiyinish xonasiga kirdi va futbolchilarni g‘alaba bilan tabrikladi. U jamoaning etakchi futbolchilari bilan suratga tushdi, shuningdek bosh sovrinni qo‘lida ushlab ko‘rdi.





Fikrlar