
"Milan" 20 yoshli futbolchining transferidan qancha daromad topishi ma’lum bo‘ldi
Xavbek Manuel Lokatellining "Milan"dan "Sassuolo"ga transferi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Italiya OAV xabar berishicha, "Sassuolo" 20 yoshli yarim himoyachi 1 yilga ijaraga olib 2 million evro to‘lashadi. Keyinga mavsumda klub "rossonerlar"ga 10 million evro to‘lashga majbur bo‘ladi.
Shu qatori, "Milan" ushbu ko‘chib o‘tishdan 2 million evro bonuslar tariqasida olishi mumkin. Lokatellining transferidan lombardiyaliklar 12-14 million daromad topishi rejalashtirilmoqda.
Shuni aytish joizki, futbolchini qayta sotib olish huquqini "Milan" yo‘qotadi.
Fikrlar