"Milan" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olishga yaqin turibdi
Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, "rossonerilar" 23 yoshli futbolchining bir yillik ijarasi borasida "aristokratlar" bilan kelishuvga erishganlar. Kelishuvga ko‘ra, italiyaliklar kelgusi yili Bakayokoning transferini 30-35 mln evroga sotib olish imkoniyatiga egalar.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi o‘tgan mavsum londonliklar safida Angliya Premer-ligasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va shuncha golli uzatmani amalga oshirishga erishgan.

Fikrlar