"Milan" Ibragimovichning agenti bilan naqd 4 soat muzokara o‘tkazdi

  • 20 noyabr, 2018, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Milan” klubi vakillari “Los-Anjeles Gelaksi” hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti bilan uchrashishdi.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” vakillari va 37 yoshli shvetsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola o‘rtasidagi muzokaralar naqd 4 soat davom etgan. Tomonlar Ibragimovichning yana “San-Siro”ga qaytishini muhokama qilishgan.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Zlatan “Milan”ga qaytishga roziligi, faqat buning uchun kamida 1,5 yillik shartnoma va asosiy tarkibdan joy talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!