“Milan” Iguain borasida “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi, ammo futbolchi jamoadan ketishni istamayapti
“Milan” klubi “Yuventus” bilan argentinalik forvard Gonsalo Iguainni 15 mln evro evaziga bir mavsumga ijaraga olish masalasida kelishuvga erishdi.
Ushbu kelishuvga ko‘ra “rossonerilar”ga ijara muddati yakuniga etgach, futbolchining transferini to‘liq sotib olish majburiyati ham yuklanadi.
Biroq, xabarlarga qaraganda Iguain jamoada qolmoqchi. Garchi Krishtianu Ronalduning kelishi sabab u o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rni yo‘qotsada, baribir “Yuventus”da qolishni istamoqda.
Uning “keksa sinora” safida qolishni istayotganiga yana bir sabab, u o‘zining bu erdagi 7,5 mln evrolik maoshidan ayrilib qolishni ham xohlamayapti.

Fikrlar