"Milan" futbolchisi uchun mavsum nihoyasiga etdi

  • 20.11.2018 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorij nashrlari tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan "Milan" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventuraning qachon safga qaytishini aniqlashdi.

Jumladan, italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha 29 yoshli futbolchi endi kamida 7-8 oy davolanishiga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Bonaventura uchun joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Bonaventura “Milan” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 152ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 31ta gol hamda 25ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!