Milan grandlari "Atletiko" himoyachisi uchun kurash olib borishmoqda

  • 16.12.2018 13:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milan shahrining ikki grandi - "Inter" va "Milan" o‘z safiga "Atletiko" himoyachisi Filipe Luisni qo‘shib olish uchun kurash boshlashdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Aytish lozimki 33 yoshli braziliyalik futbolchining “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. “Atletiko” esa uning yoshini inobatga olib ushbu kelishuvni faqat bir yilga uzaytirishni taklif qilmoqda. Biroq, Luisni bu qanoatlantirmayapti. Shu boisdan u jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Filipe Luis joriy mavsum 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!