Milan grandlari "Latsio" etakchisi uchun o‘zaro kurashishadi

  • 28.02.2019 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning "Latsio" klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich "Inter" va "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Milan grandlari 24 yoshli serbiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yoz Milinkovich-Savichga Evropaning ko‘plab top klublari qiziqish bildirishgan edi. Ammo, “Latsio” o‘shanda futbolchini 150 mln evroga baholagan edi.

Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savich “Latsio” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Ushbu vaqt mobaynida u jami 151ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 28ta gol hamda 21ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!