Milan grandlari "Sassuolo" futbolchisi uchun kurash boshlashdi

  • 22.11.2018 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Sassuolo” klubi yarim himoyachisi Stefano Sensi Milan shahrining ikki grandi – “Inter” va “Milan” klublarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 23 yoshli futbolchini mavsum yakunlangach, ya’na UEFA tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganligi uchun qo‘yilgan ta’qiq nihoyasiga etgach sotib olmoqchi. Ta’kidlash lozimki, Sensi uchun shuningdek “rossonerilar” ham kurash olib borishmoqda va aynan “Milan” Sensi uchun faoliyatini davom ettirishga eng ma’qul variant sifatida tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Sensi joriy mavsum “Sassuolo” safida A Seriyada jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!