"Milan" ham Milinkovich-Savich uchun kurashga qo‘shildi

  • 04.08.2018 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Latsio" klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yana bir top klubning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Milan" 23 yoshli serbiyalik futbolchi uchun rimliklarga 120 million evro to‘lashga tayyor. “Rossonerilar” shuningdek ushbu kelishuvga hujumchi Fabio Borinining transferini ham qo‘shishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Milinkovich-Savichga Turinning “Yuventus” klubidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!