"Milan" hujumchisi "Sevilya"ga o‘tadigan bo‘ldi

  • 10.08.2018 14:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sevilya" klubi "Milan" hujumchisi Andre Silvaning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra andalusiyaliklar 22 yoshli portugaliyalik futbolchini keyinchalik 38 million evroga sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olishadi.

Eslatib o‘tish lozimki, dastavval “Sevilya” Silva uchun “rossonerilar”ga 20 million taklif qilishgan edi. Biroq, keyinchalik ularning bu taklifi rad etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!