"Milan" hujumchisi yangi mavsumni Madrid klubida boshlashi mumkin

  • 18.07.2018 21:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning “Milan” klubi forvardi Nikola Kalinich faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xorvatiyalik futbolchining agenti Fali Ramadani ayni damda Italiyada bo‘lib turibdi va ushbu transfer yuzasidan “rossonerilar” rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra tomonlar bu borada deyarli kelishuvga erishishgan.

Unga ko‘ra Kalinich yangi mavsumni 2,5 mln evro evaziga “matraschilar” safida ijara asosida o‘tkazadi. Shundan so‘ng “Atletiko” uni 17,5 mln evroga to‘liq xarid qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!