
“Milan” o‘z tarkibiga Iguainni qo‘shib olmoqchi
“Milan” klubi rahbariyati “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguainni o‘z safiga qo‘shib olshi haqida bosh qotirmoqda, deya xabar beradi Italiya OAV.
Corierre dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun Evropa Ligasidan chetlatilmasa, argentinalik futbolchini Milanga olib kelishi mumkin. Shuningdek, milanliklar “Chelsi”dan Alvaro Moratani ham tarkibga qo‘shib olish variantini o‘rganib chiqishmoqda, biroq bu birinchisiga qaraganda ancha mushkul. Umuman jamoaning transferlari UEFA qarorlariga bog‘liq.
30 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum “Yuventus” safida barcha turnirlarda 50 o‘yinda 23 gol va 8 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar