
"Milan" qatarlik futbolchiga qiziqmoqda
Italiyaning "Milan" klubi BAA yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogida yangi iste’dodlarni qidirish uchun o‘z skautlarini yuborgan.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "rossonerilar"da qatarlik hujumchi Almoez Alining harakatlari iliq taassurot qoldirgan.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli forvard 9 ta gol bilan mazkur qit’a birinchiligda to‘purar va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Fikrlar