"Milan" qishda "Napoli" futbolchisini ijaraga olmoqchi

  • 15.11.2018 16:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Napoli” klubi yarim himoyachisi Amadu Diavara “Milan”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Tuttosport nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra “rossonerilar” Lukas Bilya va Jakomo Bonaventura kabi etakchi yarim himoyachilari uzoq muddatga safdan chiqishgani uchun davralar oralig‘idagi transferlar paytida aynan markaziy chiziqni kuchaytirishmoqchi. Biroq, neapolliklar ustozi Karlo Anchelotti 21 yoshli gvineyalik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas va shu bois “Milan” uni mavsum yakuniga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Aytish lozimki, ushbu vaziyatni Londonning “Tottenxem” klubi ham jiddiy kuzatib bormoqda. “Shporlar” Diavara uchun “Napoli”ga 49 mln evro berishga tayyor.

O‘z navbatida Diavara ham “Napoli”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!