"Milan" qishda braziliyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib oladi
Braziliyaning “San-Paulu” klubi himoyachisi Rodrigo Kayo davralar oralig‘ida “Milan”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun 25 yoshli braziliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi.
Ma’lumotlarga qaraganda Kayo allaqachon Italiyaga etib kelgan va “Milan”ning texnik direktori hisoblangan hamyurti Leonardo bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, “Milan”ning Mattia Kaldara, Mateo Musakko va Alessio Romanoli kabi himoyachilari jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqishgan. Shu bois ham ular qishki transferlar davrida himoyachi sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar