
"Milan" yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
"Jenoa" klubi yarim himoyachisi Diego Laksalt faoliyatini “Milan”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
“Bu erda ekanligimdan judayam xursandman”, - deydi urugvaylik futbolchi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “rossonerilar” 25 yoshli Laksalt uchun genuyaliklarga 15 million evro to‘lashadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu futbolchiga shuningdek Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lgan edi.
Fikrlar