
"Milan"ning etakchi futbolchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Milan" klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu kecha A Seriyaning 4-turida "Kalyari"ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli turkiyalik futbolchi barmog‘ini sindirib olgan. Uning qachon safga qaytishi hozircha ma’lum qilinmayapti. Biroq, Chalxanoglu yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmasligi aniq.
Ma’lumot uchun, Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida jami 2ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar