Milinkovich-Savich: MYuning menga qiziqayotgani haqida o‘qidim, biroq bu hech narsani anglatmaydi
Rimning "Latsio" klubi xavbeki Sergey Milinkovich-Savich o‘ziga nisbatan "Manchester Yunayted"dan bo‘layotgan qiziqishlar borasida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tish lozimki, MYu bosh murabbiyi Joze Mourino ushbu futbolchini kuzatish uchun kuni kecha Serbiya va Chernogoriya terma jamoalari uchrashuviga tashrif buyurgan edi.
“Men “Latsio” futbolchisi hisoblanaman, lekin shunday darajadagi murabbiy meni ko‘rish uchun kelgani judayam yoqimli. Garchi u bugun faqatgina mening o‘yinimni kuzatmagan bo‘lsa ham. Men uning menga qiziqish bildirayotgani haqida o‘qidim, biroq bu hech narsani anglatmaydi”, - deydi serbiyalik futbolchi.

Fikrlar