Millatlar ligasi. Belgiya bugun Shveytsariya qarshiligini sindira oladimi?

  • 12 oktabr, 2018, 14:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun UEFA Millatlar ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, Belgiya o‘z maydonida Shveytsariyani qabul qiladi.

Uchrashuv haqida qiziqarli faktlar:

Belgiya so‘nggi 11ta o‘yindan 10tasida g‘alaba qozongan.

Shveytsariya so‘nggi bor Belgiyani 1983 yil (3:1) mag‘lubiyatga uchratgan.

Belgiya so‘nggi 16 o‘yindan 10tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.

Har ikkala jamoa ham UEFA Millatlar ligasining ilk turida yirik himobda g‘alaba qozonishgan.

Belgiya – Shveytsariya

Stadion: "Qirol Boduena" (Bryussel, Belgiya)

Boshlanish vaqti: 23:45

Bosh hakam: Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya)

Taxminiy tarkiblar:

Belgiya: Kurtua – Mene, Alderveyreld, Kompani, Vermalen, Tilemans, Vitsel, Karrasko, Azar, Mertens, Lukaku.

Shveytsariya: Zommer – Lang, Akandji, Sher, Rodriges, Zakaria, Djaka, Kloze, Shakiri, Tsuber, Seferovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!