Mirko "Krokop": Emelyanenkoga qarshi jang qilishni xohlamayman

CHERY AUTO

“Bellator” jangchisi Mirko “Krokop” Filipovich rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Fyodor Emelyanenkoga qarshi qayta jang o‘tkazish haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Bu haqida menga ko‘p savol berishadi, biroq bugungi kunda bunday jangni tashkil etish haqida fikr olib borayotganim yo‘q. Tan olish lozim, Fyodorga qarshi jang qilishni xohlamayman. Ammo kelajakda ringda uchrashishimiz ehtimoli katta.

Emelyanenko Frenk Mirni mag‘lub etgani haqida ham Filipovich aytib o‘tdi:

Shuni aytishim kerakki, ajoyib uchrashuvning guvohi bo‘ldik. Jangning qisqa muddat davom etgani Fyodor uchun yaxshi bo‘ldi deya olaman, - deya Mirkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Fighting nashri.

Ma’lumot uchun, 2005 yil Emelyanenko “Krokop”ni mag‘lub etgan. Mirkoning keyingi jangi “Bellator 200” doirasida 25 may kuni Roy Nelsonga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!