
“Monako” Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxatida 3-o‘ringa chiqib oldi
Avval xabar berganimizdek, kecha “Monako” Frantsiya chempionati 31-tur qoldirilgan uchrashuvini “Sent-Eten”ga qarshi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, ular 1999/2000 yilgi mavsumdan so‘ng ilk bor ushbu musobaqada g‘olib bo‘lishdi. Bu chempionlik esa monakoliklar tarixida sakkizinchisi bo‘ldi.
Bu borada ular “Nant”ga etib olishdi va umumi hisobdagi chempionlik bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Ulardan oldingi o‘rinlarni esa “Marsel” (9) va “Sent-Eten” (10) jamoalari egallab turishibdi.
Fikrlar