Morata jarohat oldi
Ispaniyalik forvard kecha Evropa ligasi 6-turidan o‘rin olgan "MOL Vidi"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olib,birinchi bo‘lim yakunlanmasidanoq maydonni tark etgan edi.
"Shifokorlar aytishdiki, Morataning jarohati bir qarashda u qadar jiddiy emas, ammo batafsil ma’lumotni ertaga olamiz", - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Morata joriy mavsum "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 20 bahsda maydonga tushdi va 7 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar