Morata yangi mavsumni "Milan"da boshlashga yaqin turibdi
Londonning “Chelsi” klubi forvardi Alvaro Morata yaqin vaqtlar ichida “Milan” a’zosiga aylanadi.
Xabarlarga qaraganda ispaniyalik futbolchi “rossonerilar” safiga o‘tishga o‘z roziligini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra "Milan" bosh direktori Marko Fassone hamda klubning sport direktori Massimiliano Mirabellilar ayni damda ushbu transfer yuzasidan "Chelsi" bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Londonda bo‘lib turishibdi.
Eslatib o‘tish lozimki, A Seriya Morata uchun begona emas. Boisi, u bundan avval faoliyati davomida ikki mavsum Turinning “Yuventus” klubi safida to‘p surgan va 63ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 22ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar