Mourino: Dembele, Grizmann va Mbappe raqibni mensishmadi

  • 17 iyun, 2018, 16:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino JCh-2018 guruh doirasida Frantsiya Islandiya (2:1) uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachilarining uchrashuvdagi harakatlari haqida nima deya olasiz?

- Korenten Tolisso, Pol Pogba va N`Golo Kante pressingda o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishmadi.

3 kun davomida kuzatgan o‘yinlarimdan shunday xulosa qildimki, har bir terma jamoaning yarim himoya chizig‘i ajoyib tarzda ishlab chiqilgan. Frantsiyaliklar o‘zlarining darvozalari oldida o‘ynashga harakat qilishdi, bunga sabab o‘z kuchlarini tejash asosiy maqsad qilib qo‘yilgani.

Pogbaning goli haqida fikringiz?

Mening fikrimcha, bu avtogol edi. Biroq bu hech qanday ahamiyatga egamas, asosiy natijaga erishildi. O‘ylashimcha, Frantsiya terma jamoasi etakchilari Dembele, Grizmann va Mbappe raqibni mensishmadi.

Pogbaning o‘yini haqida shuni aytaolmanki, u uchrashuvda bin necha marotaba etakchilikni qo‘lga olmoqchi bo‘ldi va maydonda xujum chizig‘ida ko‘proq harakat qilib, natijaga erishdi, - deya Mourinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RT nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!