Mourino: Kellini va Bonuchchi Garvardda dars bersa bo‘ladi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Yuventus”dan qabul qilingan EChL 3-tur bahsidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib, turinliklar himoyachilari Jorjo Kellini va Leonardo Bonuchchini maqtadi.
– Janob, Bonuchchi va janob Kellini Garvardga borib, markaziy himoyadan dars bersa bo‘ladi, – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Independent nashri. – Fantastik o‘yin, mutlaqo fantastik.
Eslatib o‘tamiz, “Old Trafford”da bo‘lgan bahsda “Yuventus” Paulo Dibalaning yagona goli evaziga Manchester jamoasidan ustun keldi.
Fikrlar