Mourino aqldan ozdimi? U serbiyalik futbolchi uchun MYuning transfer rekordini yangilamoqchi

  • 07.08.2018 17:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa markazini kuchaytirish uchun MYuning transfer rekordini yangilamoqchi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Buning uchun esa u jamoa rahbariyatidan rimliklar talab qilayotgan 150 million evroni so‘ramoqchi.

Ta’kidlash kerakki, agar MYu 150 millionga serbiyalik futbolchini sotib olsa, u holda bu klub tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, hozircha “Manchester Yunayted”ning eng qimmat xaridi Pol Pogba bo‘lib turibdi. Mankuanliklar 2016 yil ushbu frantsiyalik futbolchi uchun “Yuventus”ga naqd 105 million evro to‘lashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!