
Mourino yozda Bonuchchini MYuga olib kelmoqchi bo‘lgan, biroq...
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino ortda qolgan yozgi transferlar davrida jamoaga Leonardo Bonuchchini olib kelishni istagan.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis 31 yoshli italiyalik futbolchi mankuanliklar himoya chizig‘ini kuchaytira olishiga ishongan, biroq ushbu transfer rahbariyatga qimmatlik qilgan va aynan shu bois ular bunga rozi bo‘lishmagan.
Eslatib o‘tamiz, Bonuchchi joriy yozgi transferlar davrida "Milan"dan 35 million evro evaziga "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar