
Mourinoni qoralashga botina olmagan "MYu" futbolchisi hamma aybni bo‘yniga oldi
"Manchester Yunayted"ning armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlarida muammo bo‘lmaganini ta’kidladi.
- Men hech qachon murabbiy bilan yomon munosabatda bo‘lmaganman,- dedi Genrix Mxitaryan. - Hamma ayb mening o‘zimda, Joze Mourinoda emas. Menga nima uchun yana imkoniyat berilganini angladim va shu yo‘ldan boraman. Jamoaga kelganimda 25 kishi o‘z joyi uchun kurashayotganiga guvoh bo‘ldim. Shunda menga oson bo‘lmasligini tushunganman.
"Borussiya" etakchisi sifatida "MYu"ga kelgan Mxitaryan uzoq vaqt zaxirada o‘tirib qoldi va jamoani tark etishga ham yaqin kelgandi. Biroq, Mourino agar Genrix o‘z ustida etarli darajada ishlasa, unga imkoniyat berilishini aytgandi. Oxir-oqibat shunday ham bo‘ldi.
Fikrlar