Muhammadqodir Abdullaevning ashaddiy raqibini buyuk chempion ringga chaqirdi

  • 24.01.2017 09:57
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik mashhur bokschi Muhammadqodir Abdullaev (21-4-0, 14 KO) bilan ham havaskor boksda, ham professional ringda jang qilgan puerto-rikolik Migel Kotto (40-5-0, 33 KO) yana bir super jangda ishtirok etishi kerak.

 

Professional boksda to‘rt vazn toifasida chempionlik kamariga egalik qilgan 36 yoshli Migel Kotto bilan 43 yoshli buyuk chempion Xuan Manuel Markes (56-7-1, 40 KO) ringda kuch sinashishni istamoqda. Meksikalik bu bokschi ham to‘rt vaznda jahon chempioni bo‘lgan.

- Markes professional boksdan ketmoqchi emas, - dedi bokschining murabbiyi Ignasio "Nacho" Beristayn. - U hamon boks yulduzi sifatida barchaning e’tiborida va Migel Kotto bilan jang qilishni istaydi.

O‘z navbatida Migel Kotto ham jangga rozilik berdi.

- Mening Xuan Manuel Markesga qarshi jangimni tashkil qilish mumkin, - dedi Migel Kotto. - Buning uchun biz muzokara o‘tkazib, o‘zaro kelishib olsak bo‘lgani.

Migel Kotto navbatdagi jangini 25 fevral kuni amerikalik Jeyms Kirklandga qarshi o‘tkazashi kerak. Markes esa 2014 yilning mayidan buyon ringga ko‘tarilgani yo‘q. Muhammadqodir Abdullaev esa professional bokschilik faoliyatini 2011 yilda yakunlagan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!