
Mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikning navbatdagi raqibi Povetkin yoki Ortis bo‘lishi mumkin
Birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik tez orada super og‘irda faoliyatini boshlashi mumkin. Uning yangi vazndagi ilk raqibi Aleksandr Povetkin yoki Luis Ortis bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda chempionning promouteri Aleksandr Krasyuk.
– Ayni damda biz hech qanday muzokaralar olib borganimiz yo‘q. Usik va uning jamoasi dam olmoqda, ammo shuni aniq ayta olamanki, muper og‘ir vaznda Usikka raqib tashlashda muammolar bo‘ladi. Parker va Miller jang qilishdan bosh tortdi. Takam Chisorani ringga chaqirdi. Dillian Uayt aprelda Entoni Joshua bilan ringda uchrashadi, — deya Krasyukning so‘zlarini keltiradi ukrain OAV.
– Usikning super og‘ir vaznda raqibi bo‘lishi uchun ikkita yaxshi nomzod qolmoqda. Povetkin va Ortis. 70% ular biri Usikning raqibi bo‘ladi. Agar ular bilan kelisha olishmasak, Usik mart oyida birinchi og‘ir vazn toifasida Denis Lebedevga qarshi himoya jangini o‘tkazadi. Shu hafta oxirida biz Eddi Xirn bilan uchrashamiz va barchasini muhokama qilamiz.
Fikrlar