Namangandagi stadion maysasi qachon yaxshi holatga kelishi ma’lum bo‘ldi

  • 7 oktabr, 2018, 22:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marosimdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shamshod Sarikov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning bir qator savollariga javob qaytardi.

Tecno

Jumladan Sarikov "Markaziy" stadionning maysasi qachon yaxshi holatga kelishini ham aytib o‘tdi.

"Namanganda “Paxtakor”ga qarshi o‘tgan uchrashuvlardan so‘ng so‘ng poytaxtliklar ustozi Shota Arveladze maydon maysasi haqida salbiy fikrlar bildirgandi. Birinchi o‘yindan keyin maydon chimidan noligan mutaxassis, bir yarim oydan so‘ng yana Namanganga kelib, maydon holati haqida yana gapirdi. Har qanday futbol mutaxassisi ham bir yarim oy ichida maysani a’lo darajada keltirish mumkin emasligini yaxshi biladi. Ya’ni qisqa vaqt oralig‘ida bu ishni qilish juda mushkul. Buning uchun hech bo‘lmaganda kamida olti oy yoki bir yil vaqt ketadi.

Bu haqda juda ko‘p bora bosh qotirdik. Bu masala bo‘yicha hozirda ayrim tashkilotlar bilan muzokara olib bormoqdamiz. Tez kunlarda Qarshidagi “Markaziy” o‘yingoh maydoni bilan shug‘ullangan mutaxassislar Namanganga etib kelishadi. Ayni damda kelgusi yilning iyun oyi oxiriga qadar o‘yingoh chimini yaxshi holatga keltirishni o‘ylab turibmiz. Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida foydalanilgan maydon chimlaridan olib kelish rejalashtirilgan. Hozirda Kosonsoydagi stadion holatini ham o‘rganmoqdamiz va ish rejasini ishlab chiqqanmiz. Yaqin kunlarda bu masala ham o‘z echimini topadi", - dedi Sarikov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!