"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi

CHERY AUTO

"PEPSI Superliga"ning 11-turida "Paxtakor" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo‘ladi. Klub matbuot xizmati ushbu o‘yin prevyusini taqdim etdi.

Tecno

Uchrashuvga tayyorgarlikni Shota Arveladze boshchiligidagi jamoamiz yuqori darajada davom ettirmoqda. Diskvalifikatsiya va jarohatlar bilan bog‘liq muammolar yo‘q.

Oliy ligada klublar 42 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 23 bellashuvda zafar quchishgan. 10 durang va 9 mag‘lubiyat kuzatilgan. "Paxtakor" "Nasaf" darvozasini 59 marta ishg‘ol qilib, 36 to‘p o‘tkazib yuborgan. Qarshidagi uchrashuvlarda 6 "Paxtakor"da 6 ta, "Nasaf"da 8 ta g‘alaba bor. 7 bellashuvda esa durang natija qayd etilgan.

Uchrashuv 11 may, juma kuni 18:30da Qarshidagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Qarshidagi so‘nggi o‘zaro besh uchrashuv natijasi

19.11.2017. “Nasaf” – “Paxtakor” 4:0

19.08.2016. “Nasaf” – “Paxtakor” 2:1

04.11.2015. “Nasaf” – “Paxtakor” 0:1

01.06.2014. “Nasaf” – “Paxtakor” 1:1

20.09.2013. “Nasaf” – “Paxtakor” 1:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!