“Nasaf” nazorat bahsida “Qizilqum”ni 3:1 hisobida engdi

  • 16.01.2019 16:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qarshidagi “Sputnik” qo‘rg‘oni maydonida “Nasaf” va “Qizilqum” klublari o‘zaro sinov-nazorat bahsida kuch sinashishdi. Uchrashuv mobaynida har ikki jamoa ustozlari ham ko‘rikda bo‘lib turgan futbolchilar imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi. Yakunda 3:1 hisobi qayd etildi va o‘yin “Nasaf” foydasiga hal bo‘ldi.

Tecno

“NASAF” – “QIZILQUM” 3:1

Gollar: Sherzod Temirov (22), Bobir Davlatov (72), Oybek Bozorov (75) – Alisher Sanoev (62)

Hakamlar: Ravshan Abduvoxidov, Baxrom Usmonov, Izzat Usmonov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Shodiyor Hojimatov, Aleksey Larin, G‘olib G‘aybullaev, Doniyor Narzullaev, Bobir Davlatov, Xurshidbek Muxtorov, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Sherzod Temirov, Umarbek Eshmurodov

“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev, Doniyor Usmonov, Fayzullo Qambarov, Akrom Baxriddinov, Muhsinjon Ubaydullaev, Sherali Jo‘raev, Murod Bobojonov, Eldor Boymatov, Salim Mustafoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!