
Navas "Real" rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni so‘radi
“Real” Madrid klubi posboni Keylor Navas yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda El Chiringuito xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli kosta-rikalik darvozabon “qirollik klubi” rahbariyatidan yanvarda o‘zini transferga qo‘yishni so‘ragan. Aytish lozimki, “Real” yozda “Chelsi”dan belgiyalik posbon Tibo Kurtuani sotib olgach Navas zaxira darvozaboniga aylanib qoldi va etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmay kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum “Real” safida jami 7ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 7ta gol o‘tkazib yubordi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar