Navas qishda "Real"dan ketmaydi

  • 15 dekabr, 2018, 14:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas davralar oralig‘ida jamoadan ketish haqidagi fikrini o‘zgartirdi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli kosta-rikalik posbon mavsum yakunlanishini kutmoqchi. Chunki, fevralda uning oilasida yana bir farzand dunyoga keladi va u bundan paytda yashash joyini o‘zgartirishni istamayapti. Qolaversa, ayni damda unga jiddiy takliflar ham mavjud emas.

Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum “Real” safida jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 8ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!