"Navbahor"ning Turkiyadagi yig‘iniga qaysi futbolchilar boradi?

  • 03.02.2019 10:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Namanganning "Navbahor" klubi 6-17 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida ikkinchi xorijiy yig‘inini o‘tkazadi.

Mazkur yig‘inda "Nasaf" futbolchisi Islom Rashidxonov ham ishtirok etadi. Ayni damda Rashidxonov "ajdarlar" safida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Biroq, "lochinlar" rahbariyati tez orada uning transferini yakunlashi kutilmoqda. 

Shuningdek, "Nasaf"ning yana bir etakchisi Odil Hamrobekov ham katta ehtimol bilan "Navbahor"ga o‘tadi. "Navbahor" ushbu ikki namanganlik futbolchilarning trasferini sotib oladi.

Bundan tashqari yana 2-3 nafar o‘yinchi qo‘shilishi ham ko‘zda tutilgan. Olimpiya terma jamoasi bilan Turkiyadagi yig‘inda ishtirok etib qaytgan Oston O‘runov yana Turkiyaga jamoamiz bilan yo‘l oladi. Antaliya yig‘ini oxirlarida esa Oston O‘runov va Islom Rashidxonovlar Ispaniya tomon yo‘l olishadi. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazadi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra Qrimdagi yig‘inda ishtirok etgan yangi futbolchilar Turkiyaga ham yo‘l oladi. Ularning deyarli barchasi bilan kelishuvga erishilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!