Nazorat o‘yini. "Qizilqum" qozoq klubini engdi

  • 15 fevral, 2019, 12:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Qozog‘istonning “Taraz” klubi bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda navoiyliklarning qo‘li baland keldi.

Tecno

Uchrashuvning 76-daqiqasida Elguja Grigalashvili tomonidan kiritilgan gol "oltin izlovchilar"ga g‘alaba keltirdi. Gruziyalik hujumchi jamoadoshi Sherali Jo‘raevdan to‘pni qabul qilib olgach, o‘ziga xos tarzda raqibning 2-3 nafar futbolchisini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni uzoq burchakka joylab qo‘ydi-1:0.

Nazorat o‘yini

"Qizilqum" (O‘zbekiston) - "Taraz" (Qozog‘iston) 1:0

Gol: Elguja Grigalashvili (76)

"Qizilqum": Cheremisin, Ubaydullaev, Karimov,Qambarov, Yarashev, Usmonov, Boymatov, Boydullaev, Sanoev, Leuka, Grigalashvili.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!