“Neftchi” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi chiptalari Qo‘qonda sotiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Oliy liga 4-turidan o‘rin olgan “Neftchi”-“Qo‘qon-1912” uchrashuviga chiptalar ertadan  boshlab Qo‘qondagi “Markaziy” stadion kassalarida sotiladi. Chiptalar narxi 10 000 ming so‘m.

Chiptalarni naqd pul va plastik kartalar orqali sotib olishingiz mumkin. Kassalar 29 mart, soat 10:00dan boshlab ishga tushadi.

Eslatib o‘tamiz Neftchi-Qo‘qon uchrashuvi 31 mart kuni soat 16:30da Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!