Nega Ispaniya terma jamoasiga "Barselona"dan juda kam futbolchi jalb etilmoqda?

  • 4 oktabr, 2018, 20:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi nega tarkibga o‘zining sobiq jamoasi “Barselona”dan kam futbolchi jalb etayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

“Men terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilar masalasini muhokama qilmoqchi emasman. Bu faqat jurnalistlar uchun qiziq, muxlislar esa faqat Ispaniyaning g‘alabasini xohlashadi. Menda 23ta futbolchidan iborat tarkib bor va bunga klublarning aloqasi yo‘q. Men hamisha futbolchilarni toza sport printsplariga ko‘ra tanlab olaman, shaxsiy sabablarga qarab emas”, - deydi tajribali mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrikening oktyabr oyidagi o‘yinlar uchun e’lon qilgan tarkibida “Barselona”dan faqatgina Serxio Buskets joy olgan holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!