
Neymar — JCh-2018da darvoza tomon hammadan ko‘p zarba bergan futbolchi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi kecha yakuniga etgan JCh-2018 musobaqasida raqib darvozasi tomon eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchiga aylandi.
26 yoshli futbolchi turnir davomida jami 27 marta darvoza tomon zarba bergan. Bu borada undan keyingi o‘rinlarda hamyurti Filippe Koutino (22) va Xorvatiya terma jamoasi vingeri Ivan Perishichlar (22) qayd etilishdi.
Frantsiya terma jamoasi forvardi Antuan Grizmann hamda portugaliyalik Krishtianu Ronaldular hisobida esa jami 21tadan zarba mavjud.
Fikrlar