Neymar “El-Klasiko” oldidan “Barselona”ni qiyin ahvolda qoldirdi (Video)

  • 9 aprel, 2017, 09:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniya chempionati 31-turida “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar “Malaga”ga qarshi (0:2) o‘yinda maydondan chetlatildi.

Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 27 va 65-daqiqalarida sariq kartochka oldi va buning natijasida maydonni tark etdi.  Neymar qizil kartochka olgani “Real Sosedad”ga qarshi 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga 32-turini aniq qo‘yib yuboradi.

Neymar maydonni tark etayotganida zaxira hakamiga nisbatan istehzoli qarsak chalib, tribuna ostiga yo‘l oldi.  Agar Ispaniya chempionati Intizim qo‘mitasi Neymarni sportga xos bo‘lmagan xatti-harakati bo‘yicha jazolasa, 25 yoshli futbolchi 2–3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Agar mazkur qaror amalga oshsa, Neymar “Real”ga qarshi 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “El-Klasiko”da ishtirok eta olmaydi va “Barselona”ni qiyin ahvolga soladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!