Neymar MYuga qarshi bahs haqida nimalar dedi?
PSJ hujumchisi Neymar Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“MYu bu yaxshi qur’a. Men kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘raman. “Manchester Yunayted” esa dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ularning tarkibida o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar bor. O‘ylaymanki bu muxlislar uchun ham qiziqarli qarama-qarshilik bo‘ladi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ va “Manchester Yunayted” shu kungacha evrokuboklarda o‘zaro to‘qnash kelishmagan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 12 fevral kuni Manchesterda, javob bahsi esa 6 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar