Neymar "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda PSJga yordam berolmasligi mumkin
PSJ klubi kecha Frantsiya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida "Strasbur"ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan Neymarning ahvoli borasida rasmiy bayonot berdi.
“Dastlabki tibbiy tekshiruvlar natijasida Neymarning o‘ng oyoq suyaklaridagi jarohat qaytalanganini aniqlandi. Uni tezroq safga qaytarish uchun har qanday davolash muolajalari o‘tkazilishi ehtimoldan holi emas”, - deyiladi rasmiy bayonotda.
Endi Neymar 12 fevral kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvida jamoasiga yordam berolmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum PSJ safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20ta gol va 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar