
Neymar orzusidagi jamoani ma’lum qildi
PSJ hujumchisi Neymar bir jamoada birga to‘p surishni xohlaydigan futbolchilarni aytib o‘tdi. Ular orasida uch nafar braziliyalik va bitta argentinalik futbolchi bor.
- Mening oruimdagi jamoa bu - Lionel Messi, Dani Alves, Tiagu Silva va Gabriel Jezus, - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi AS nashri. - Maydondagi sevimli taktikam esa - 4-3-3.
Neymar PSJ safida 2017 yildan beri to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsum u Frantsiya chempioniga aylandi.
Fikrlar